» » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAni yirik hisobda mag‘lub etib, OCh—2020 yarim finaliga chiqdi (video)

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAni yirik hisobda mag‘lub etib, OCh—2020 yarim finaliga chiqdi (video)


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 19-yanvar, yakshanba kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2020-yilgi Osiyo chempionati chorak finali doirasida BAA termasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Abdulla al-Amiri gol urib, BAAni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Ilhom Alijonov kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 25-daqiqada Oybek Bozorovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun hakam O‘zbekiston foydasiga penalti belgiladi. Penaltini jamoa sardori Islom Qobilov aniq amalga oshirdi. Bu uning musobaqadagi uchinchi goli bo‘ldi. 41-daqiqada esa Bozorov uzoqdan kuchli va aniq zarba berib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limdagi ikkala gol ham O‘zbekiston termasi vakillari hisobiga yozildi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Nurillo To‘xtasinovning uzatmasidan so‘ng Jasur Yaxshiboyev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va gol urdi. 90+5-daqiqada esa To‘xtasinovning o‘zi chiroyli kombinatsiyani gol bilan yakunlab, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa musobaqaning amaldagi chempioni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim finalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi. Lyubinko Drulovich shogirdlari Olimpiada yo‘llanmasi uchun bahsda Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Osiyo Chempionati — 2020 U-23

Chorak final bahsi

19-yanvar, yakshanba

O‘zbekiston — BAA 5:1

Gollar: 0:1 — 13 Amiri, 1:1 — 16 Alijonov, 1:2 — 25 Qobilov (penalti), 1:3 — 41 Bozorov, 1:4 — 85 Yaxshiboyev, 5:1 — 90+5 To‘xtasinov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2020, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют