» » “Ijtimoiy fikr”: O‘zbekiston aholisi yaxshi maoshli ish topish qulaylashdi, elektr va gaz bilan ta’minlash yuqori darajaga ko‘tarildi, deb hisoblaydi

“Ijtimoiy fikr”: O‘zbekiston aholisi yaxshi maoshli ish topish qulaylashdi, elektr va gaz bilan ta’minlash yuqori darajaga ko‘tarildi, deb hisoblaydi


“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi aholining O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatidan xabardorligi darajasini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

79,9 foiz respondentlar O‘zbekiston Prezidentining 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini yaxshi bilishini ta’kidlagan.

“O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida qabul qilingan hujjat, deb hisoblaysizmi?”, degan savolga ishtirokchilarning aksariyati (83,5 foiz) ijobiy javob bergan.

“Sizni o‘ylantirayotgan muammolar Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishlarida o‘z aksini topgan?”, degan savolga respondentlarning ko‘pchiligi Strategiyadagi barcha yo‘nalishlar davlat va jamiyat hayotida yangi rivojlanish bosqichini boshlab beradi, o‘zlarini qiynayotgan muammolarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi.

“So‘rovnomada ishtirok etganlar yaxshi maoshli ish topish, oylik maoshni vaqtida olish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda qator qulayliklar yaratilganini, pensionerlar, nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, aholini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash xizmatlari yuqori darajaga ko‘tarilganini ma’lum qilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют