» » Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 18-turi doirasida 19-yanvar, yakshanba kuni Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi mehmonda “Herta”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “qizillar” a’zolari Tomas Myuller (60), Robert Levandovski (73, penalti), Tiago Alkantara (76) hamda Ivan Perishich (84) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa “Bavariya” safarda “Herta” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, “Bavariya” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 36 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Herta” esa 19 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

18-tur bahsi

19-yanvar, yakshanba

Gollar: 0:1 — 60 Myuller, 0:2 — 73, penalti Levandovski, 0:3 — 76 Alkantara, 0:4 — 84 Perishich

“Herta”: Yarsteyn, Torunariga, Klyunter, Boyata, Plattenxardt, Darida (Volf, 68), Gruyich, Dilrosun (Mittelshtedt, 82), Askasibar, Lukebakio (Kepke, 82), Zelke

“Bavariya”: Noyer, Pavar, Boateng, Alaba, Goretska, Devis (Dayaku, 80), Alkantara, Koutinyo (Kyuizans, 83), Perishich, Myuller (Gnabri, 87), Levandovski

Ogohlantirishlar: Darida (7), Pavar (19), Yarsteyn (63), Boyata (81)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют