» » Qashqadaryoda qoidabuzar YPX xodimiga 2 mln so‘m pora berishga urindi

Qashqadaryoda qoidabuzar YPX xodimiga 2 mln so‘m pora berishga urindi


Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan fuqaro javobarlikka tortilmaslik uchun YPX xodimiga 2 million so‘m pora berishga uringan, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX 3-otryadi 2-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati katta inspektori A. Haqberdiyev xizmat taqsimotiga ko‘ra 18-yanvar kuni soat 04:10 larda Koson tumani bo‘ylab xizmat olib borish jarayonida “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.

Avtomashinani ko‘zdan kechirish jarayonida haydovchi X.S. transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligini aniqlangan va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi X.S. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 2 million so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida shu kuni soat 16:00 larda fuqaro X.S. YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 950 ming so‘m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют