» » Tohir Malik “Shaytanat” asarini film qilish huquqini faqat Yodgor Sa’diyevga berganmi? Aktyorning o‘zi bunga oydinlik kiritdi (video)

Tohir Malik “Shaytanat” asarini film qilish huquqini faqat Yodgor Sa’diyevga berganmi? Aktyorning o‘zi bunga oydinlik kiritdi (video)


O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

O‘zbek kino olamida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik “Shaytanat” asarini film qilish huquqini faqatgina Yodgor Sa’diyevga bergan, mazmunidagi gap-so‘zlar yuradi. Yodgor Sa’diyev suhbat davomida ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Menimcha, bunga hozircha hech kim jur’at ham etolmaydi. Taklif qilib nima... U hayot u. Nima qilib beradi u, nimasini yangilaydi. Mana qarab turaylik, cover degan. ‘The cover’ deyishadi-ku, haligi ko‘rsatuv. Nima degani u?! Kavlash degani. Top-toza, yaxshi qo‘shiqni kavlab, abjag‘ini chiqarish degani deb o‘ylayman. Bunaqa narsaga men mutlaqo qarshiman. Marhamat, olishsa, olaverishsin. Nima yangi talqinda ‘cover’ qilib olishadimi?!

U yerda hamma narsa mantiqqa bog‘liq. U yerda Tohir Malik shunaqangi mantiqni bergan. Filmni xalqning orasidagi e’tibor qozongan jihati ham muallifning mantig‘ini to‘g‘riligidir.

Men o‘zi har doim mantiqqa qarab ish qilaman. Oladigan bo‘lsa, olaversin. Hech kim bunga qarshi emas. Buni borib Tohir Malikning oilasidan so‘rab olsin, lekin bu film — mening filmim va muallif menman. Men buni ‘Qalqon’ studiyasida deyarli o‘zimning mablag‘imga suratga olib, o‘zim yana sotib olganman. Bu filmni muallifi menman. Shuning uchun ham titrlarda Yodgor Sa’diyev filmi deb yozilgan. Olishmoqchi bo‘lsa, olishsin.

Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev suhbat davomida “Shaytanat” serialining telekanallardagi 20 yillik “zapret”i sababi, serialning 21-qismi hamda hayoti va ijodiga oid ko‘plab javobsiz savollarga oydinlik kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют