» » Tayson Fyuri uchta jangdan so‘ng boksdagi faoliyatini yakunlaydi. Sportchi uchala raqibi nomini aytdi

Tayson Fyuri uchta jangdan so‘ng boksdagi faoliyatini yakunlaydi. Sportchi uchala raqibi nomini aytdi


Professional boksning og‘ir vazndagi sobiq chempioni Tayson Fyuri kelajak rejalari haqida ma’lum qildi.

Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u yana uchta jang o‘tkazib, professional boksdagi faoliyatiga nuqta qo‘yadi.

“Yana uchta jang qoldi. Uaylder bilan uchinchi jang bo‘ladimi, yo‘qmi, bilmayman. Navbatdagi jang Uaylderga qarshi, albatta (22-fevralda Fyuri Uaylderga qarshi revansh jangini o‘tkazadi). Undan keyin esa Entoni Joshua hamda Dilian Uayt bilan jang qilaman. Shundan so‘ng ketaman. Uaydlerni mag‘lub etganimdan keyin Uaytga imkoniyat beraman”, — deydi Fyuri.

Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi ilk jangda durang qayd etilgan. Endi tomonlar 22-fevral kuni revansh jangini o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, @Daryo_sport va @Ufcboxuz kanallariga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют