» » Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ini senator etib tayinlashini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ini senator etib tayinlashini ma’lum qildi


Toshkentda 20-yanvar, dushanba kuni Oliy Majlis Senatining yangi tarkibi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Prezident o‘z nutqida yaqin vaqt ichida Respublika mahalla kengashi rahbari o‘zgarishi, kengashga yangi rahbar etib tayinlanishi kutilayotgan Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov senator bo‘lishini ma’lum qildi.

Yaqinda Mahalla kengashining rahbarini ham almashtiramiz. Mahallaning tizimi ham boshqacha bo‘ladi, rahbari ham boshqa bo‘ladi. Biz mahallaning jamiyatdagi rolini kuchaytirmoqchimiz.

Shu sababli Mahalla kengashiga ham o‘zim ishongan odamni olib kelmoqchiman. Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ini bekorga chaqirganim yo‘q. U hali sizlardek senator bo‘ladi, Mahalla kengashining raisi bo‘ladi tez orada.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 kishini senator etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Prezident 16 nafargacha senatorni tayinlash huquqiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют