» » 105 mln so‘m aliment pulini to‘lamagan qashqadaryolik otaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

105 mln so‘m aliment pulini to‘lamagan qashqadaryolik otaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Qashqadaryoda 105 million so‘m aliment pulini to‘lamagan qarzdor otaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nishon tumani “Nishon” mahallasida yashovchi fuqaro X.D.ga tuman Ma’muriy sudi tomonidan voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganligi uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ammo fuqaro bundan xulosa chiqarmagan va aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyatini sodir etgan.

Aniqlik kiritilishicha, X.D.ning alimentdan qarzdorligi 2019-yil 27-dekabr kungi hisob-kitobga ko‘ra, 105 million 68 ming so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Byuroning Nishon tumani bo‘limi tomonidan fuqaro X.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tumanning Talimarjon shaharchasida yashovchi fuqaro M.M. ham 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 2019-yilning 21-may kunidan 2019-yil 27-dekabr kuniga qadar jami 63 million 257 ming so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun unga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют