» » Shavkat Mirziyoyev deputatning Prezidentga unvon berish haqidagi taklifini rad etdi

Shavkat Mirziyoyev deputatning Prezidentga unvon berish haqidagi taklifini rad etdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida Shavkat Mirziyoyev o‘z qarshisida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pakning Prezidentga unvon berish taklifini rad etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi.

Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan nutq so‘zlagan qator deputatlar singari o‘z fikrini bildirgan deputat Viktor Pak so‘nggi uch yilda butun mamlakatda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilgani, olis qishloqlargacha yangi hayot kirib borayotganini ta’kidladi.

U o‘zining 140 mingdan ziyod saylovchilari xohish-irodasini ifoda etib, Prezidentga davlat mukofoti berish taklifini ilgari surdi. Uning bu taklifini barcha deputatlar qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi, ammo Shavkat Mirziyoyevning o‘zi bu taklifni rad etdi.

Siz bitta nozik masala — unvon to‘g‘risida gapirdingiz. Bu birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Xalqimiz menga katta unvon berib bo‘lgan. Bundan katta unvon dunyoda hech kimda bo‘lmasa kerak. Bu — xalq ishonchi.

Ushbu unvonga loyiq bo‘lish har kimga ham nasib etmaydi. Birgalikda shu unvonga loyiq bo‘lib, harakat qilib, odamlarimizni rozi qilsak, bundan katta unvon yo‘q.

Siz ham saylovchilaringizga minnatdorchiligimni bildiring. Men ham ularga rahmat aytmoqchiman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют