» » Balotelli maydonga tushganidan 7 daqiqa o‘tib chetlatildi. Bu uning faoliyatidagi 13-qizil kartochka

Balotelli maydonga tushganidan 7 daqiqa o‘tib chetlatildi. Bu uning faoliyatidagi 13-qizil kartochka


“Breshiya” hujumchisi Mario Balotelli Italiya A Seriyaning 20-turidan o‘rin olgan “Kalyari”ga qarshi kechgan bahsda (2:2) maydondan chetlatildi.

Mario 74-daqiqada maydonga tushdi va uchrashuvning 81-daqiqasida raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun sariq kartochkaga loyiq topildi. Keyin esa hakamni haqorat qilgani uchun ikkinchi ogohlantirishni olib, maydondan chetlatildi.

Bu 29 yoshli futbolchi faoliyatidagi 13-chetlatish bo‘ldi. Mario kuchli beshlik ligalari doirasida so‘nggi to‘rt mavsumning har birida qizil kartochka olayotgan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Unga bu borada “Monako” vakili Jemerson sherik bo‘lmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют