» » Qirol kubogi–2017. Isroil Madrimov oltin, Elnur Abduraimov kumush medalga sazovor bo‘ldi

Qirol kubogi–2017. Isroil Madrimov oltin, Elnur Abduraimov kumush medalga sazovor bo‘ldi


Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan Qirol kubogi–2017 xalqaro turnirining final janglari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi qaroriga ko‘ra, finalga yo‘l olgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschidan ikki nafari – Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosov final jangida o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov finalda o‘z omadlarini sinab ko‘rdi.

“Sports.uz” nashrining ma’lum qilishicha, -64 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov mezbonlar vakili Vuttichai Masuk bilan kuch sinashib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

-75 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Isroil Madrimov kubalik Osley Iglesias Estrada ustidan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston delegatsiyasiga yagona oltin medalni olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Tailanddagi Qirol Kubogi–2017 musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya Jasurbek Latipov (-52 kg), Shahobiddin Zoirov (-56 kg) va Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg) yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatib, bronza medali bilan cheklandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют