» » “Barselona” albaniyalik hujumchi transferini e’lon qildi

“Barselona” albaniyalik hujumchi transferini e’lon qildi


“Barselona” klubi “Albasete” hujumchisi Rey Manayni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda katalon klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

22 yoshli futbolchi bilan 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. “Barselona” Manay transferiga 700 ming yevro sarflagan, bu miqdor futbolchining ishtirokiga qarab 2 million yevroga qadar yetishi mumkin.

“Barselona” Manayning shartnomasiga 50 million yevro tovon puli haqidagi bandni kiritib qo‘ydi. Hujumchi yangi jamoasida 22-raqam ostida harakat qiladi.

Albaniyalik futbolchi “Barselona B” jamoasiga to‘p surishi kutilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют