» » Eronning Ukraina samolyotini urib tushirgani bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Eronning Ukraina samolyotini urib tushirgani bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi


Yanvar oyi boshida Eron poytaxtidan parvozga ko‘tarilganidan so‘ng qulagan Ukraina yo‘lovchi samolyoti yer-osmon turkumiga kiruvchi qisqa masofaga uchuvchi ikkita raketa bilan urib tushirilgan. “Korrespondent”ning yozishicha, Eron Fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ikkinchi dastlabki hisobotiga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Unga ko‘ra raketalar shimoldagi “Tor-M1” zenit raketa tizimidan uchirilgan.

Mavzuga doir: Video: Eronda Ukraina samolyotiga berilgan ikkita raketa zarbasi

Shuningdek, unda quyidagilar keltirilgan:

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Hodisa oqibatida 176 kishi halok bo‘lgan. Eron Ukraina samolyotini xatolik sabab urib tushirganini tan oldi. Uni dushman nishoni deb o‘ylashgan.

12-yanvar kuni Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Eron urib tushirilgan Boeing qora qutilarini Fransiyaga topshirishini ma’lum qilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Eron havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilishida aybdor bo‘lganlarning bari javobgarlikka tortilishiga va’da berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют