» » Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i hamshiradan 200 dollar pora talab qildi

Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i hamshiradan 200 dollar pora talab qildi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan shahar prokuraturasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimi F.A. tibbiyot birlashmasi navbatchi hamshirasi Ya.A.ni boshqa bo‘limga hamshiralikka o‘tkazib berish evaziga 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

F.A. ushbu 200 AQSh dollarini tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.T.ga yetkazib berishi lozimligini ma’lum qilgach, tezkor tadbir davom ettirilib, tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.T. hamshira Ya.A.ni boshqa bo‘limga hamshiralikka o‘tkazish evaziga talab qilgan 200 AQSh dollarini F.A. orqali pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.T. va xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimi F.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют