» » AQShning raketa zarbalariga uchragan Suriya aviabazasi odatdagi tartibda ishlamoqda

AQShning raketa zarbalariga uchragan Suriya aviabazasi odatdagi tartibda ishlamoqda


Suriyadagi Shayrat aerodromidan jangovar samolyotlar uchirilishi qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda, Reuters manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Mazkur aerodromdan Suriya qurolli muxolifati kuchlariga aviazarbalar berishda foydalaniladi.

Aerodromga AQSh tomonidan raketa zarbalari berilganidan keyin yetkazilgan zarar miqdorini baholash hozircha amalga oshirilmagani bildirilmoqda.

7-aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtayer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esminetslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromi tomon 59 ta “Tomagavk” qanoti raketalari uchirildi.

Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya rahbariyati aynan shu aerodromdan kimyoviy quroldan foydalangan holda hujumlar tashkil etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют