» » Navoiy viloyatida 600 mln dollarlik shamol elektr stansiyasi quriladi

Navoiy viloyatida 600 mln dollarlik shamol elektr stansiyasi quriladi


18-yanvar kuni Investitsiya va tashqi savdo vazirligida Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kelishuvga muvofiq Masdar kompaniyasi shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi. Qurilish uchun investitsiyalar hajmi 600 million dollar miqdorida baholanmoqda; ishlarni 2020-yilning uchinchi choragida boshlab, obyektni 2022-yilda foydalanishga topshirish reja qilinmoqda.

Shuningdek, Mubadala kompaniyasi bilan “Tallimarjon IES” OAJ bazasida mavjud energobloklarni xususiylashtirish va yangilarini qurish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Kelishuv Tallimarjon energetika kompleksini xususiylashtirish, rivojlantirish, moliyalashtirish va ekspluatatsiya qilishning mexanizmlari va shartlarini belgilaydi. Amirlik tomonidan obyektning aksiyalarini sotib olish va xususiylashtirish jarayoni 2020-yilning uchinchi choragida reja qilingan.

Ta’kidlash joizki, ushbu kelishuvlardan oldin o‘tgan yilning noyabr oyida Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya kelishuvi imzolangan, chunki oktabr oyida Masdar kompaniyasi davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida muqobil energetika sohasiga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi ochiq tender g‘olibi deb e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston hukumati hamda Masdar va Mubadala kompaniyalari o‘rtasida respublikada elektr stansiyalari qurish borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv 2019-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda shamol elektr stansiyalari quriladi

Ma’lumot uchun: Mubadala – Birlashgan Arab Amirliklarining davlat investitsiya kompaniyasi. Kompaniyaning investitsiya portfeli 200 milliard dollarga teng bo‘lib, uning tarkibi yoqilg‘i-energetika tarmog‘i, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, metallurgiya, aerokosmik sektorlari, tog‘-kon sanoati hamda sog‘liqni saqlash sohalaridagi aktivlardan iborat.

Masdar Mubadala investitsiya xoldingining sho‘ba kompaniyasi bo‘lib, dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют