» » Jahon banki O‘zbekistondagi qishloqlarni obodonlashtirish uchun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi qishloqlarni obodonlashtirish uchun 100 mln dollar ajratadi


Jahon banki Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloq aholisining ijtimoiy infratuzilmasi va turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi uchun 100 million dollar miqdorida zayom ajratadi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tegishli bitim 17-yanvar kuni bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda imzolangan.

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra loyiha doirasida bolalar bog‘chalari, maktablar, klinikalar, yo‘laklarni rekonstruksiya qilish va qurish, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 300 dan ortiq qishloqlarda qattiq chiqindilarni yo‘q qilish o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют