» » Asakada qariyb 122 mln so‘mlik dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Asakada qariyb 122 mln so‘mlik dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilish holati aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tekshiruv jarayonida o‘rmon xo‘jaligining Asaka tuman bo‘limi omborchisi K.M. o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy narxi 121,7 million so‘mlik 19,8 ming litr dizel yoqilg‘isini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют