» » Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi

Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi


Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Zargarlik ko‘chasi va Olmazor tumani “Jomiy” maydonidan o‘tuvchi magistral issiqlik quvurlarida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK bergan ma’lumotga tayanib, poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ayni vaqtda mazkur muammolarni bartaraf etish ishlari boshlangan.

Shu munosabat bilan 21-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar Chilonzor tuman Guliston, Al-Xorazmiy, Olmazor va Shayxontohur tumani Sebzor, Shimoliy Olmazor, Taxtapul, Markaz-12, 15, 17 va 18-mavzelarida vaqtincha issiq suv va issiqlik ta’minoti uziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют