» » “Qo‘yliq” bozorida odam yuzini tanishga qodir kameralar o‘rnatildi

“Qo‘yliq” bozorida odam yuzini tanishga qodir kameralar o‘rnatildi


Bektemir tuman hokimligida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, soliq va sanitar-epidemiologiya idoralari vakillari hamda “Qo‘yliq” dehqon bozorining javobgar ishchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Yig‘ilish davomida bozor va uning atrofidagi vaziyatni yaxshilash uchun qo‘llash kerak bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Birinchi navbatda sanitariya talablari, avtotransport vositalari uchun turargohlar, xizmat ko‘rsatish darajasi, savdo qilish uchun sharoitlar yaratish masalasiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozori hududida tartibni o‘rnatish va xavfsizlikni oshirish uchun tovarlarni olib kirish va olib chiqishni qayd qiluvchi, yuk tashuvchilar ishini kuzatadigan dispetcherlik xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Bundan tashqari quyidagi takliflar ham bildirildi:

Ta’kidlanishicha, hozirga kelib bozor hududiga 210 IP-kamera o‘rnatilgan, avtoturargohlarni tashkillashtirish bo‘yicha taklif kiritilgan, jamoatchilik nazorati shtabi tashkil etilgan, bozorga kirish-chiqishda yuzni tanishga qodir uchta intellektual kamera o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют