» » Xitoyda Interpolning sobiq rahbari pora olishda ayblanib, 13,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Xitoyda Interpolning sobiq rahbari pora olishda ayblanib, 13,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi


Xitoy sudi Interpolning sobiq rahbari Men Xunveyni pora olganlikda ayblab, 13,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Xitoyning “Jenmin jibao” davlat gazetasiga tayanib Meduza. Shuningdek, u 2 million yuan (290 ming dollar) jarimaga tortilgan.

Avvalroq u 14,46 million yuan (taxminan 2 million dollar) pora olganligini tan olgan.

Men Xunvey Interpolga 2016-yilning noyabr oyidan boshlab 2018-yilning sentabrida Xitoyga qo‘lga olinguniga qadar rahbarlik qilib kelgan. U Interpol prezidenti etib saylangan Xitoyning birinchi fuqarosidir. Unga qadar 40 yil davomida Xitoyning jinoiy ishlar bo‘yicha adliya tizimida, xususan, Xitoy Sohil xavfsizligi xizmati rahbari va jamoat xavfsizligi vazirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2018-yilning sentabrida Men Xunveyning Fransiyada yashovchi rafiqasi eri Xitoyga safari chog‘ida g‘oyib bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning aytib berishicha, g‘oyib bo‘lishidan avval unga pichoqning suratini jo‘natgan. Ayolning fikricha, eri shu tariqa unga xavf ostida ekanligini bildirmoqchi bo‘lgan. Oradan bir necha kun o‘tib, Xitoy Men Xunvey korrupsiya ishi bo‘yicha hibsda ekanligini tasdiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют