» » “Qo‘yliq” bozorida uchi o‘tmas pichoqlarni sotish taklif etildi

“Qo‘yliq” bozorida uchi o‘tmas pichoqlarni sotish taklif etildi


Bektemir tumani hokimligida “Qo‘yliq” dehqon bozori hududida tartib o‘rnatish va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan yig‘ilishda pichoqlar savdosi bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bozor hududida sotish uchun mo‘ljallangan pichoqlarni qat’iy ravishda maxsus qulfli shisha vitrina ostida saqlash taklif etildi.

Shuningdek, pichoqlarning uchi o‘tmas shaklda ishlatishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Bozor hududida ochiq holatda va uchi o‘tkir pichoqlarni olib yurish hamda sotish taqiqlanishi mumkin.

Mavzuga doir:

Yig‘ilish davomida bozor hududida tartib o‘rnatish va xavfsizlikni oshirish maqsadida bozor ishchilari uchun maxsus forma joriy etish, quyma alkogol mahsulotlari savdosini taqiqlash, o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha bukletlar tayyorlash va chaqiruv tugmalarini o‘rnatish taklif etildi.

Toshkent shahrida ikki kun mobaynida — 13 va 14-yanvar kunlari fuqarolardan jami 32 dona pichoqlar rasmiylashtirib olingan. Shundan so‘ng aholi orasida pichoq olib yurganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish masalasida so‘rovnoma ham o‘tkazildi.

Pichoq yordamida sodir etilgan jinoyatlar haqidagi xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют