» » Mayk Pompeo AQSh Venesuelada hokimiyatni o'zgartirish loyihasi ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi

Mayk Pompeo AQSh Venesuelada hokimiyatni o'zgartirish loyihasi ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi


AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Kolumbiyaning Caracol TV telekanaliga bergan intervyusida AQSh Venesuelada hokimiyatni o‘zgartirish loyihasi ustida ish olib borayotganini aytdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Uning aytishicha, Vashington tomonidan ko‘rilgan choralar yetarli emas.

“Aftidan bu hali hammasi emas… Biz bir loyiha ustida ishlayapmiz, natijada Maduro ketib, Venesuela xalqi erkin va adolatli saylov o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Bunday natijaga erishish uchun Janubiy Amerika, Markaziy Amerika, Yevropa — dunyoning barcha mamlakatlari vakillari bilan muloqot olib boryapmiz”, — degan Pompeo.

U, shuningdek, Nikolas Maduro Venesuela xalqi “o‘z vatanini, ozodlikni qanchalik sevishiga va undan nafratlanishi”ga yetarlicha baho bermayotganini ta’kidlagan.

Mayk Pompeo so‘zlariga ko‘ra, venesuelaliklar o‘zlariga munosib narsa — “ozod va demokratik Venesuela”ga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yanvar oyida Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi. Muxolifatchi Xuan Guaydo o‘zini Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qildi. Uni AQSh, Kanada va Braziliya, Argentina kabi Lotin Amerikasining ko‘plab davlatlari hamda Yevropa ittifoqining aksariyat davlatlari qo‘llab-quvvatlagan.

Rossiya, Xitoy, Kuba va Meksika esa amaldagi prezidentni qonuniy deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют