» » Serbiyaning saylangan prezidentiga qarshi namoyishlarda harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlari kasaba uyushmalari qatnashdi

Serbiyaning saylangan prezidentiga qarshi namoyishlarda harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlari kasaba uyushmalari qatnashdi


Serbiya qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari va politsiya xodimlari kasaba uyushmalari Belgradda mamlakat bosh vaziri va saylangan prezidenti Aleksandr Vuchichga qarshi ommaviy namoyishlarda ishtirok etdi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Minglab namoyishchilar shahar markazidagi Knez Milosh ko‘chasida harakatni to‘sib qo‘ydi va Serbiya hukumati binosi qarshisida to‘plandi.

Ular 2-aprel kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 55,06 foiz ovoz to‘plab, g‘olib chiqqan Vuchichni haqoratlovchi so‘zlarni bildirmoqda.

Oltinchi bor o‘tkazilayotgan aksiya ishtirokchilari avvalgilari kabi ijtimoiy tarmoqlar yordamida to‘plandi. Ularning Facebook’dagi sahifasi “Diktaturaga qarshi norozilik” deb nomlanadi.

Sahifada ko‘chalarga chiqish va “AV (Aleksandr Vuchich) — bizning prezident emas”ligini ko‘rsatishga chaqirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют