» » BMT: Butun dunyoda salkam 500 mln kishi ishsiz yoki qisman band

BMT: Butun dunyoda salkam 500 mln kishi ishsiz yoki qisman band


Hozirgi kunda butun dunyoda 470 million kishi ishsiz yoki qisman band hisoblanadi. Bu haqda BMTning xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib, “Kommersant” xabar berdi.

Ma’lumotda aytilishicha, munosib ish o‘rinlarining kamligi ijtimoiy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi.

Butun dunyoda ishsizlik darajasi so‘ng o‘n yilning aksar davri mobaynida nisbatan barqaror saqlanib qolgan.

Prognoz qilinishicha, ishsizlarning umumiy soni kelgusida ortib boradi. Sababi sekin rivojlanayotgani aholi uchun ish o‘rinlarini yaratish imkonining qisqarishiga olib keladi.

Birgina 2020-yilda ishsiz sifatida qayd etilgan insonlar soni 190,5 million nafarga yetadi, 2019-yilda esa bu ko‘rsatkich 188 million kishini tashkil etgan.

Butun dunyo bo‘ylab 285 millionga yaqin kishi qisman band hisoblanadi. Bu esa ularning ish izlashni istamasligi yoki mehnat bozoriga kirish imkoniga ega emasligini anglatadi.

Ushbu qariyb 500 million kishi jahon ishchi kuchining 13 foizini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют