» » 2020-yilning ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda jami 141 ta YTH sodir bo‘lgan

2020-yilning ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda jami 141 ta YTH sodir bo‘lgan


O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi 11 – 20-yanvar kunlari davomida mamalakat hududida yuz bergan yo‘l transport hodisalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni oshkor etdi. Boshqarma 2020-yil boshidan bu boradagi batafsil statistik ma’lumotlarni e’lon qilishni yo‘lga qo‘ygan, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra 10 kun ichida jami 141 YTH sodir etilgan, ularda 25 nafar odam halok bo‘lgan va 148 nafar aholi vakili turli darajada tan jarohatlari olgan. Birinchi o‘n kunlikda jami 107 ta YTH sodir etilgani, 35 nafar odam halok bo‘lgani va 100 nafar odamning turli jarohatlar olganligi xabar qilingandi.

Piyodalar ishtirokidagi YTHlar soni 52 tani tashkil qilgan va ularning 6 tasi bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan. 2 ta holat bo‘yicha haydovchilarning aybdorligi va mast holda avtotransport vositasini boshqargani aniqlangan.

YTHning asosiy sabablari:

Eng ko‘p YTH Toshkent shahrida kuzatilgan jami 26 ta, shuningdek, Toshkent viloyati – 23, Farg‘ona – 17, Namangan – 16 va Qashqadaryo – 12 viloyatlarida ham YTHlar nisbatan ko‘p qayd etilgan. Qolgan hududlarda o‘rtacha 3 tadan 9 tagacha YTH sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют