» » Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Suriyadagi vaziyat sabab Rossiyaga tashrifini bekor qildi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Suriyadagi vaziyat sabab Rossiyaga tashrifini bekor qildi


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Rossiyaga 10-aprelga belgilangan tashrifini bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Suriyadagi voqealar rivoji vaziyatni butkul o‘zgartirdi”, — deyiladi Jonsonning Buyuk Britaniya TIV saytida e’lon qilingan bayonotida. Qayd etilishicha, Rossiya “tinch aholiga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanganidan keyin ham Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda”.

“Men 10-aprel, dushanba kuni Moskvaga bormayman. Mening asosiy maqsadim — ‘Katta yettilik’ bo‘yicha hamkorlar bilan Suriya va Asadning Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi masalalarini muhokama qilishdir”, — deb yozdi Jonson Twitter’dagi sahifasida.

2016-yil yozida Britaniya tashqi ishlar vaziriga aylangan Boris Jonson mart oyi oxirida Moskvaga kelishi lozim edi, biroq NATO mamlakatlari taqshi ishlar vazirlari uchrashuvi sanasining o‘zgarishi tufayli, tashrif noma’lum muddatga qoldirilgan edi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Rossiyaga so‘nggi tashrifi 2012-yil may oyida amalga oshirilgan.

4-aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida aviazarbadan so‘ng bir necha o‘nlab odam halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar va ko‘plab jabrlanuvchilarda kimyoviy zaharlanish belgilari bor edi.

G‘arb mamlakatlari prezident Bashar Asad tuzumini kimyoviy quroldan foydalanganlikda aybladi. Rossiya esa taqiqlangan qurolni ishlab chiqarish bilan terrorchilar shug‘ullangani haqida bayonot berdi.

Suriyaning kimyoviy qurol qo‘llashiga javoban AQSh 7-aprel kuni Suriya qurolli kuchlari foydalanadigan aerodromga raketa zarbalari berdi. Oqibatda bir necha kishi, jumladan, tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Shundan so‘ng Rossiya Suriyada havo hodisalari oldini olish bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (8-04-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют