» » AQShda Xitoyda tarqalgan yangi koronavirus bilan zararlangan birinchi holat qayd etildi

AQShda Xitoyda tarqalgan yangi koronavirus bilan zararlangan birinchi holat qayd etildi


AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) mamlakatda Xitoyda tarqalgan noma’lum virus bilan zararlangan birinchi holatni qayd etdi, deb xabar beradi Meduza.

Bemor hozirda Vashington shtatida. U 15-yanvar kuni Xitoyning Uxan shahridan qaytib kelganidan so‘ng o‘zini yomon his qilgan va shifokorlarga murojaat qilgan. Tahlil natijalari unda yangi koronavirus sababli yuzaga kelgan pnevmoniyani ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar bemorning ahvolini yaxshi demoqda.

CDC mutaxassislari Vashingtonga borib, virus yana biror kimga yuqqan yoki yuqmaganini aniqlaydi. Idoraning ta’kidlashicha, ular virusning AQShga kirib kelishiga bir necha hafta tayyorgarlik ko‘rishgan.

Mavzuga doir: 

Kasallikka chalinish holatlari Tailand va Yaponiyada ham kuzatilgan. O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. O‘zbekiston SSV Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazorat kuchaytirilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют