» » Samarqand viloyatida uyida giyohvand modda va o‘qotar qurol saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Samarqand viloyatida uyida giyohvand modda va o‘qotar qurol saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi


Samarqand viloyatida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (Uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib o‘g‘rilik sodir etish) bilan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda yana bir jinoyat fosh bo‘ldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 17-yanvar kuni taxminan soat 13:00 larda, Payariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyida o‘tkazilgan tintuv jarayonida mato bo‘lagiga o‘ralgan 16,4 gramm opiy (ko‘knor) giyohvandlik vositasi hamda yotoqxonadagi sandiqning ichidan tegishli hisobga qo‘yilmagan, ekspertiza xulosasiga ko‘ra otish uchun yaroqli bo‘lgan 1 dona “MS-20” rusumli o‘qotar qurol va uning 3 dona o‘qlarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (Giyovandlik vositalari o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) va 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют