» » Rossiyaning yangi hukumati shakllantirildi

Rossiyaning yangi hukumati shakllantirildi


Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin prezident Vladimir Putinga yangi hukumatni taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” Meduza’ga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi Vazirlar Mahkamasida avvalgi 10 nafar o‘rniga 9 nafar bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi. Ulardan uch nafari — Tatyana Golikova, Yuriy Borisov va Yuriy Trutnev o‘z lavozimlarini saqlab qolgan. Yana oltitasi esa yangi kadrlar: Aleksey Overchuk (Federal Soliq xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari), Viktoriya Abramchenko (Rosreyestrning sobiq rahbari), Dmitriy Chernishenko (Gazprom Media sobiq bosh direktori), Dmitriy Grigorenko (Federal Soliq xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari), Marat Xusnullin (Moskva merining sobiq o‘rinbosari). Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga esa ilgari prezident yordamchisi bo‘lib ishlagan Andrey Belousov tayinlandi.

Mavzuga doir: Medvedev hukumatning iste’fosini oddiy voqea deb atadi

Shimoliy Kavkaz ishlari vazirligi tugatildi, qolgan 21 ta idoradan 9 tasida rahbarlar almashtirildi.

Qolgan 12 vazir o‘z lavozimlarini saqlab qoldi, ular orasida — sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, transport — Evgeniy Ditrix, mudofaa — Sergey Shoygu, tashqi ishlar bo‘yicha — Sergey Lavrov, energetika — Aleksandr Novak, qishloq xo‘jaligi — Dmitriy Patrushev.

“Hukumatimiz juda muvozanatli bo‘lib chiqdi. Avvalgi tarkibda ishlagan odamlar yetarlicha, ammo shu bilan birga juda katta yangilanish ham bo‘ldi. Ishonchim komilki, ushbu tarkib yordamida yuqori va eng munosib ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘ladi”, — degan Vladimir Putin.

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Medvedev boshchiligidagi avvalgi hukumat 15-yanvar kuni iste’foga chiqqan edi. Putin bunga javoban Medvedevga Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini egallashni taklif qilgan.

Mavzuga doir: Putin Rossiya bosh prokurorini almashtirish taklifini berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют