» » OChL. “Bunyodkor” Toshkentda “Az-Zavra”ni yirik hisobda mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi

OChL. “Bunyodkor” Toshkentda “Az-Zavra”ni yirik hisobda mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi


“Bunyodkor” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida 22-yanvar, chorshanba kuni “Az-Zavra”ga qarshi bahs olib bordi.

Toshkentdagi JAR stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “qaldirg‘ochlar” yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq “Bunyodkor” vakillari penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini jamoaning yangi futbolchisi Murod Xolmuhammedov aniq bajardi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida Humoyun Murtazoyev iroqliklar darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, ikkinchi golni urdi. 78-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Bobur Farhodov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

85-daqiqasida Murtazoyev dublga erishgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Abbos Qosim mehmonlarning yagona javob to‘pini kiritdi.

Shu tariqa Vadim Abramov jamoasi keyingi bosqichga yo‘l oldi va Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun kurashda BAAning “Al-Ayn” klubi bilan bahs olib boradi.

OChL—2020

Ikkinchi saralash bosqichi

22-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 9, penalti Xolmuhammedov, 2:0 — 46 Murtazoyev, 3:0 — 78 Farhodov, 4:0 — 85 Murtazoyev, 4:1 — 88 Abbos Qosim

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют