» » DXX Farg‘onada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘ydi

DXX Farg‘onada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘ydi


Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida terrorizm tarafdorlarini aniqlab, ularning faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

2018-yil jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 244-bo‘lim 1-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan qo‘qonlik 23 yoshli T.A.ga insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi.

Lekin u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan Telegram messenjerida diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar rahnamolarining jihodga, shahidlikka chorlovchi audio, video ma’ruzalarini tinglab, tomosha qiladi. Natijada Suriya davlatidagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtiradi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida uning qabih rejasiga chek qo‘yildi.

Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida yashovchi 21 yoshli T.I. ota-onasining ogohlantirishlariga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qoldi.

U Telegram messenjerida guruh ochib, ekstremistik oqimlar rahnamolarining ma’ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”, “Katibat ut-Tavhid va Jihod” kabi terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan, jihodga chorlovchi materiallarni joylashtirib, o‘z guruhi a’zolari sonini 45 nafarga yetkazdi.

DXX xodimlarining sa’y-harakati bilan uning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Endilikda har ikki shaxs ham qonun oldida javob beradi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют