» » Hindistondagi qo‘riqxonada maymunlar bilan birga yashagan qizaloq topildi

Hindistondagi qo‘riqxonada maymunlar bilan birga yashagan qizaloq topildi


Hindiston politsiyasi Uttar-Pradesh shtati o‘rmonida maymunlar bilan birga yashagan qizaloqning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda, deya xabar berdi TJournal.

Bir necha hafta avval o‘rmondan topilgan qizaloq gapirishni bilmaydi. Politsiyaning ma’lumotiga ko‘ra, u 8—10 yosh atrofida.

Shifokorlarning aytishicha, qizaloq maymunlar kabi har xil harakat va imo-ishoralar orqali muloqot qilmoqda. Huquq-tartibot xodimlari uni topganida, qiz maymunlar orasida ularga taqlid qilgan holda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lgan.

Maymunlar to‘dasidagi qizchani Nepal bilan chegaradosh Katarniagxat tabiat qo‘riqxonasi yaqinidagi qishloq aholisi payqab qolib, bu haqida politsiyaga xabar bergan.

Politsiya vakili Surash Yadavning aytishicha, politsiyachilar qizni olib ketishga harakat qilganida maymunlar ularga hujum qilgan.

Shifokorlar qizning ozib ketgani, tanasida esa jarohatlar borligini ma’lum qilgan. Avvaliga u bir joyda o‘tira olmagan va xona bo‘ylab to‘rt oyoqlab yurgan.

Hozirda qizaloq o‘zini yaxshi his qilmoqda. Keyinroq qiz ta’limi va ijtimoiy moslashuviga g‘amxo‘rlik qiladigan ijtimoiy xizmat vakillariga topshiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют