» » Qashqadaryolik fuqaro 22 yil rasman “o‘lgan” deb yashagani yetmaganidek, endi firibgarlikda ayblanyapti

Qashqadaryolik fuqaro 22 yil rasman “o‘lgan” deb yashagani yetmaganidek, endi firibgarlikda ayblanyapti


Qashqadaryolik Anvar Javharov 1998-yildan beri hujjatlarda “o‘lgan” deb qayd etilgani yetmagandek, endi firibgarlikda ham ayblanyapti. Bu haqda Qashqadaryo IIBda viloyat prokuraturasi hamkorligida tashkil etilgan matbuot brifingida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Matbuot brifingida ta’kidlanishicha, Anvar Javharov turmush o‘rtog‘i Shahodat Sharipova ustidan mutasaddi tashkilotlarga shikoyat qilib, undan pul undirishni maqsad qilgan. Bu haqda uning qizlari shunday ko‘rsatma bergan.

Ta’kidlanishicha, Anvar Javharovning “turmush o‘rtog‘im notarius xodimi bilan kelishib, mening imzomni soxtalashtirgan va uylarimni sotib yuborgan”, degan vaji asossiz deb topilgan.

Matbuot brifingida ishtirok etgan mutasaddilar “Daryo” muxbirining “Anvar Javharov 1998-yildan beri o‘lgan degan tamg‘ada yashagani yetmagandek, endi firibgar degan nomni ham olayaptimi?”, degan savoliga aniq javob bermadi.

Ularning ta’kidlashicha, Anvar Javharovning “o‘lganligi” haqidagi hujjat soxta.

IIB axborot xizmatining aytishicha, Anvar Javharovning o‘lgani yozilgan hujjatni FHDYo xodimlari bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli qashqadaryolik Anvar Javharov o‘zining tirik ekanligini isbotlashga harakat qilayotgani, ammo hujjatlarda allaqachon vafot etgani yozilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют