» » Kitobdagi Taxtaqoracha dovonida qalin qor sabab qatnov to‘xtatilgandi. Qor tozalanib, avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Kitobdagi Taxtaqoracha dovonida qalin qor sabab qatnov to‘xtatilgandi. Qor tozalanib, avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yildi


21-yanvardan 22-yanvar kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyatining Urgut tumanidan Qashqadaryo viloyatiga o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-39 Olmaota—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan qismida (1120—1135 km) qalin qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismida muzlama hosil bo‘lgan.

Yo‘lning 1132—1135 kilometrlarida qatnov qismidagi qorning qalinligi 15—20 santimetrni tashkil etgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mazkur yo‘lda avtomobil qatnovini amalga oshirish imkoni yo‘qligi haqidagi xulosasiga ko‘ra, avtotransport vositalarining harakatlanishi 22-yanvar kuni soat 11:00 dan vaqtincha to‘xtatilgan.

Transport vositalarining harakati vaqtinchalik A-378 Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘li orqali tashkil etilgan.

Yo‘llarning qatnov qismi qordan tozalanib muzlamaga qarshi qum tuz aralashmasi sepilib, yo‘llar tozalanganidan so‘ng soat 15:30 larda transport harakati ochilgan.

Samarqand hamda Qashqadaryo IIB YHXB haydovchilardan transport vositasini boshqarish chog‘ida hushyor bo‘lishlarini so‘rayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют