» » IShID jangarilari ularning nazorati ostidagi hududdan qochishga uringan 50 iroqlikni o‘ldirdi

IShID jangarilari ularning nazorati ostidagi hududdan qochishga uringan 50 iroqlikni o‘ldirdi


Mosulning jangarilar nazorati ostidagi hududini tark etishga uringan kamida 50 nafar iroqlik IShID tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 7-aprel kuni kechasi minglab iroqliklar oilasi bilan Mosulning IShID nazorati ostida bo‘lgan Ras-al-Jadda va Al-Mushahada tumanlaridan jangarilardan tozalangan hududlariga qochishga uringan.

Ulardan ko‘pchiligi qochib qutilgan, biroq 50 ga yaqin kishi qo‘lga olinib, o‘ldirilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari shahardan qochmoqchi bo‘lganlarni qo‘rqitish maqsadida markaziy ko‘chalarda qoldirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Mosul g‘arbiy dahalarining uchdan bir qismi ayni damda terrorchilar nazorati ostida qolmoqda. BMT hisob-kitobiga ko‘ra, qariyb 500 ming tinch aholi jangovar harakatlar natijasida shaharni tark eta olmayapti.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют