» » Chiroqchiliklar mol o‘g‘rilari IIB e’tiboridan chetda qolayotganidan shikoyat qilgandi. Tuman IIB vaziyatga izoh berdi

Chiroqchiliklar mol o‘g‘rilari IIB e’tiboridan chetda qolayotganidan shikoyat qilgandi. Tuman IIB vaziyatga izoh berdi


Chiroqchi tumanining Langar qishlog‘ida yashovchi fuqarolar chorva mollari yo‘qolayotgani va IIB xodimlari bunga e’tibor bermayotganidan shikoyat qilgandi. Tuman IIB rahbari Fazliddin Yusupovning aytishicha, mol o‘g‘rilarini aniqlab, qo‘lga olish harakati boshlangan. Bu haqda viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Videomurojaatda chiqish qilgan aholi vakillaridan biri Mahmud Ibrohimov chorva mollari bog‘lab qo‘ygan joyidan yo‘qolganini, unga berilgan javob xatlari esa ko‘payib ketsa-da, natija chiqmayotganini aytgan. Mol uchun mo‘ljallangan joyda yotib, qo‘riqchilik qilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Fuqaro O‘ktam Meyliyev esa 2014-yil may oyida 2 bosh sigirini o‘g‘irlatganini aytib, mutasaddi tashkilotlarga 21 marotaba murojaat qilganini gapiradi.

— Uyat bo‘lsa ham aytaman, o‘g‘limga kelinim ham navbatda turadi. Molxona mol uchun, odam uchun emas. Langarlikman deyishga uyalaman, — deydi O‘ktam Meyliyev.

Chiroqchi tuman IIB rahbarining ma’lumot berishicha, O‘ktam Meyliyevning murojaati bo‘yicha 2014-yil iyun oyida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ammo yo‘qolgan mol hali topilmagan.

Matbuot brifingida ta’kidlanishicha, 10 nafar fuqaro mol yo‘qotganini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda murojaat yo‘llagan. Mazkur murojaatni joyida o‘rganish uchun Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i Fazliddin Yusupov hamda prokuror Bahodir Xudoyqulov Langar qishlog‘ida bo‘lgan.

— Yarim kechasi soat 3 gacha qishloqda yurdik, ataylab odamlarning molxonasi oldiga ham bordik. Hamma joy qop-qorong‘i. Hech kim ko‘chaga chiqib, qishloqda kim yuribdi, begonalar kimlar deb qiziqmadi, — deydi Fazliddin Yusupov. — Shu darajada e’tiborsiz.

Fazliddin Yusupovning qo‘shimcha qilishicha, qishloq ahli chorva mollarini cho‘ponsiz dalaga haydab yuboradi va kechki payt mollarning o‘zi qaytib keladi.

— Shu boisdan ham aksariyat chorva mollari adashib dalada qolib ketishi yoki boshqa joyga ketib qolishi, o‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxminimiz bor. Aynan o‘g‘irlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Boisi, mollarning o‘ligi ham topildi-da.

Chiroqchi IIB rahbarining aytishicha, surishtiruv ishlari boshlagandan so‘ng o‘g‘irlikda gumon qilingan to‘da qo‘lga olingan.

— Ammo bu haqda hozircha to‘liq ma’lumot berolmaymiz, — deydi mas’ullar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют