» » Ac?badem shifokorlari O‘zbekiston fuqarosiga salomatlik baxsh etishdi

Ac?badem shifokorlari O‘zbekiston fuqarosiga salomatlik baxsh etishdi


So‘nggi paytlarda Ac?badem Bursa shifoxonasi shifokorlari o‘tkir yoki surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarga tobora ko‘proq duch kelmoqda. Mavjud vaziyat ularning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan kasalliklar, jumladan, arterial gipertenziya, diabet, surunkali piyelonefrit yoki surunkali glomerulonefrit, buyrak amiloidozi, tug‘ma patologiyalar va xavfli o‘smalar sonining ko‘payishi bilan izohlanadi. Buyrak yetishmovchiligida, muammoni hal qilishning faqat ikkita varianti mavjud: gemodializ yoki organ transplantatsiyasi.

Buyrak yetishmovchiligi nima bilan tahdid soladi?

Organizmda buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi bilan uning normal ishlashi uchun muhim vazifalarning buzilishi yuz beradi. Natijada ortiqcha suyuqlik va iste’mol qilingan mahsulotlarning to‘planishi sodir bo‘ladi, zarur gormonlar ishlab chiqarilishi kamayadi, bu umumiy darmonsizlikka olib keladi.

Samarqandlik Lutfullo Nabiyev shunday muammoga duch keldi. U har kuni buyraklar faoliyatidagi buzilishlar uning holatiga tobora ko‘proq ta’sir etayotganini his qila boshladi. Bunday kasallik bilan duchor bo‘lganlarda, yuz va qo‘l-oyoqlarida shish paydo bo‘ladi, ishtahasi keskin pasayadi, teri qichishi qiynay boshlaydi, doimiy charchoq hissi paydo bo‘ladi.

Dastlab, shifokor-nefrolog kasallikning rivojlanishini sekinlashtirib tura oldi, ammo vaqt o‘tishi bilan vaziyat yomonlashdi va gemodializga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. Protsedurani tez-tez o‘tkazish kerak edi. Shunday qilib, Lutfullo kasalxonaga to‘liq qaram bo‘lib qoldi, uch yil davomida u yashash joyini o‘zgartira olmadi, odatdagi ishi bilan shug‘ullana olmadi. Bundan tashqari, bu muolaja emas edi, gemodializ yordamida buyrak ishi biroz vaqtgacha tiklanadi, ammo keyingi muolajaga qadar xolos.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishda davom etganda, bu nefronlarning o‘limiga va uremiyaning rivojlanishiga, boshqacha qilib aytganda tananing o‘z-o‘zini zaharlashiga olib kelish ehtimoli bilan tahdid soladi. Buning oldini olish uchun buyrak transplantatsiyasi kerak bo‘ladi.

Yechim doimo mavjud!

Vaziyat tobora yomonlashayotganini his qilib, Lutfullo Nabiyevning qarindoshlari yaqin insoniga yordam berish uchun yo‘l qidira boshladilar. Oddiy hayotga qaytish uchun yagona imkoniyat buyrak transplantatsiyasi bo‘lgani uchun, buni amalga oshiradigan mutaxassislarni topish kerak edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ularning o‘zbekistonlik do‘stlari ham xuddi shunday muammoga duch kelishgan ekan. Bu muammoni hal qilishda Toshkentda vakolatxonasi bo‘lgan Ac?badem shifoxonasi tarmog‘ining mutaxassislari yordam berishgan.

Bugungi kunda Turkiya bunday operatsiyalarni amalga oshirishda yetakchilar qatorida. Ac?badem shifoxonalar tarmog‘ining Buyrak ko‘chirib o‘tkazish Markazlaridan biri Ac?badem Bursa shifoxonasi hisoblanadi. Muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazishlar darajasi 95% ni tashkil qiladi, aksariyat hollarda organ ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlar normal hayot kechirishadi.

Professor, tibbiyot fanlari doktori A. Byulent Oqtay donor buyragi ma’lum shartlarga muvofiq tanlanishini tushuntiradi. Organizmning fiziologik parametrlarga ko‘ra moslashishi uchun asosiy narsalardan biri qon guruhidir – buyrak ildiz otishi uchun u mos kelishi kerak. Bundan tashqari, bu holda rezus faktor ahamiyatga ega emas. Shifokor buyrak uzoq vaqt davomida organizmdan tashqarida bo‘lolmasligiga e’tibor qaratadi, shuning uchun operatsiya bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi – organ darhol ko‘chirib o‘tkaziladi.

Donor tanlash oson emas. Fiziologik moslik yetarli emas: donor 18 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak, gipertoniya, qandli diabet, semizlik, proteinuriya, mikroskopik gematuriya, tromboz, ruhiy buzilishlar kabi kasalliklar bilan og‘rimasligi kerak. Lutfullo Nabiyevga omad kulib boqdi – har qanday parametrlarga ko‘ra uning donori bo‘lishi mumkin bo‘lgan, uning jiyani unga o‘z buyragini hadya qildi.

Hammasi qanday bo‘ldi?

Lutfullo Nabiyev Ac?badem Bursa Turkiya shifoxonasiga operatsiya uchun yo‘llanmani Toshkentdan – tibbiy muassasaning vakolatxonasi joylashgan maskandan oldi. U taqdim etgan tibbiy hujjatlarni o‘rganib chiqqach, ular shunday qarorga kelishdi.

Istanbulda shifoxona vakili bemorni aeroportda kutib oldi va belgilangan joyga yetkazdi. Dastlabki daqiqalardan boshlab Lutfulloga tarjimon hamrohlik qildi, bemor o‘sha yerda ekanligida doimo o‘ziga bo‘lgan diqqat va e’tiborni his qildi. Bundan tashqari, donorga bo‘lgan munosabat muhim emas edi — Ac?badem buyrak transplantatsiyasi markazida uni himoya qilish dasturi mavjud bo‘lib, uning maqsadi donorga zarar yetkazmaslik va uning sog‘lig‘ini saqlashdir.

Reabilitatsiya Ac?badem Bursa buyrak ko‘chirib o‘tkazish markazi shifokorlar jamoasi nazorati ostida o‘tdi. Kerakli ovqatlanish rejimi va parvarishlarga rioya qilish tezda sog‘ayishga yordam berdi.

Bugungi kunda Lutfullo Nabiyev to‘laqonli hayot tarzini kechirmoqda va qarindoshlari bilan birgalikda unga yana safga qaytish imkoniyatini bergan doktor A. Byulent Oqtaydan minnatdor.

Turkiyadagi Acibadem shifoxonalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acibadem’ning Toshkentdagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: (+99895) 144-54-45

Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют