» » Qashqadaryoda fuqaroning uyidan ichida 1120 dollar va 57,5 mln so‘m bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda fuqaroning uyidan ichida 1120 dollar va 57,5 mln so‘m bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi


2020 yil 15-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani, Paxtachi mahallasida yashovchi 60 yoshli I.N.ning uyiga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, ichida 1120 AQSh dollari va 57,5 mln so‘m miqdorida naqd pullari hamda uyining kadastr hujjatlari bo‘lgan temir seyfni yashirin ravishda qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida 26 yoshli K.F. va 24 yoshli N.T. sodir etganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan pullarning bir qismi va temir seyf ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

K.F. va N.T. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan, K.F. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют