» » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 570 kishidan oshdi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 570 kishidan oshdi


Xitoy yangi koronavirus bilan kasallanish holati 571 taga yetganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Chorshanba, 22-yanvar kungi holatga ko‘ra, virusdan 17 kishi vafot etgan bo‘lib, ularning barchasi Xubey provinsiyasidandir.

Unda virus o‘chog‘i bo‘lgan va pnevmoniya avj olgan Uxan shahri joylashgan. Hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu shahar aholisini tashqariga chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi.

Xabarda aytilishicha, Sankt-Peterburgda ikki kishi koronavirus bilan kasallanganlikda gumonlanib kasalxonaga yotqizilgan Xabarovskda kuzatilgan yana bir holat shifokorlarni tashvishga solgan. Ammo aniqlangan uch holatning ikkisida kasallik tashxisi tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning aholi zich joylashgan Uxan shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lishiga ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus sabab bo‘lgani aniqlangan. Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 1 723 ming nafarni tashkil qilgan. Ushbu natija Xitoy tashqarisida virus bilan zararlanish holatlari kuzatilgan holatlar hisob-kitobi tahlili asosida olingan. Hozirda virus yuqtirib olganlar va kasallik oqibatida vafot etganlar soni ortib bormoqda.

O‘zbekiston TIV koronavirus tufayli Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgandi. Vazirlik avval ham bu haqda fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan. SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun boks bo‘yicha 3—14 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Tokio olimpiadasi musobaqasi bekor qilinganini ma’lum qilgan.

Koronavirus xavfi tufayli Yevropaning bir nechta kompaniyasi oxirgi uch haftada jiddiy moliyaviy zarar ko‘rgan. Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishdan ogohlantirilgan, shuningdek, mamlakatda plastik paket va naychalardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga Xitoyning Uxan shahrida ommaviy turizm taqiqlandi, keyinroq Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishiga taqiq qo‘ygan. Virus sabab Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchi almashdi.

Mavzuga doir: AQShda Xitoyda tarqalgan yangi koronavirus bilan zararlangan birinchi holat qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют