» » O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonun bilan 10 ga yaqin qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Jinoyat kodeksi voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid talablarni buzganlik hamda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, bunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, mazkur kodeksda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Xususan, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash (bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno) uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi (hozirda BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda).

Bundan tashqari, amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat bilan to‘ldirildi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют