» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent halqa yo‘lidagi elektrichka loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent halqa yo‘lidagi elektrichka loyihasi bilan tanishdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-aprel, shanba kuni Toshkentdagi halqa temir yo‘li qurilishi loyihasi bilan tanishdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturiga tayanib.

Toshkent avtomobil halqa yo‘li bo‘ylab elektr poyezdni ishga tushirish rejalari haqida birinchi marta Shavkat Mirziyoyevning noyabr oyida poytaxt saylovchilari bilan saylovoldi uchrashuvida ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda loyiha 2017—2030-yillarga mo‘ljallangani aytilgan edi.

“Axborot”ga bergan intervyusida “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi bosh muhandisi Husniddin Hosilov ma’lum qilishicha, Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha maqsadi — yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish, avtoyo‘llardagi tirbandlikni kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash.

“Halqaning jami uzunligi 71,2 kilometrni tashkil etadi (ikkita yo‘nalishdagi yo‘llar uzunligi — 140 kilometrdan ziyod), liniyada 26 ta bekat quriladi. Birinchi bosqichda temir yo‘lda 10 ta poyezd (har bir yo‘nalishda beshtadan) harakatlanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ular butun yo‘lni taxminan bir soatda bosib o‘tadi.

Loyiha qiymati 265 million dollarga teng, shuning 185 millioni davlat budjetidan, 80 millioni — Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladi. Xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi mumkin.

Husniddin Hosilov ta’kidlashicha, temir yo‘l liniyasi avtobus yo‘nalishlari, metropoliten bekatlari va boshqa transport turlari bilan qulay tarzda bog‘lanadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, loyihani ishlab chiqishda chet mamlakatlarning tajribasi hisobga olingan.

Опубликовано: admin (9-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют