» » SSV: O‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘q

SSV: O‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘q


O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘q, bu borada barcha choralar ko‘rilgan, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan koronavirus hamda gripp kasalliklariga bag‘ishlab AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Anjumanda Xitoyning Uxan shahrida yuzaga kelgan koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 23-yanvar tonggi holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 600 dan ziyod holatda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan 22-yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda mutaxassislar xalqaro favqulodda holat e’lon qilishdan oldin avj olgan kasallik haqida ko‘proq ma’lumot olishlari kerak, degan qarorga kelingan. JSST rasmiylari uchrashuvni payshanba kuni, Xitoy hukumati taklifiga binoan Uxanga bir qator Osiyo mamlakatlaridan kelgan shifokorlardan ma’lumot olganidan so‘ng davom ettirishga qaror qilgan.

Ta’kidlanishicha, JSST rahbari Tedros Gebreyesus vahima ko‘tarishga hech qanday sabab yo‘qligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning Uxan shahrida samarali karantin bo‘yicha ko‘rayotgan juda qat’iy choralari epidemiyaning mamlakatda avj olishning oldini olishga hamda uning tarqalish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, Yevropa sog‘liqni saqlash idoralari ushbu virusning tarqalish xavfini “o‘rtacha” deb baholashmoqda. Shu bilan birga, JSST koronavirus xavfining oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini ham bergan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, Xitoyda koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat murakkablashishi sababli O‘zbekistonda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Uzbekistan Airports AJ hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ Tibbiy-sanitariya xizmati tomonidan davlat chegarasini, ayniqsa, Xitoyni kesib o‘tgan shaxslarning yuqori sifatli tibbiy monitoringini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ tizimidagi faoliyat yuritayotgan xodimlari ishtirokida epidemik vaziyat va uning oldini olish yuzasidan seminarlar o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti intensiv terapiya bo‘limida koronavirusga gumon qilingan bemorlarni qabul qilish uchun maxsus boks tayyorlab qo‘yilgan. Respublikadagi aeroport va temir vokzallari sanitariya karantin punktlarida ushbu kasallikka gumon qilingan bemor aniqlansa, uni darhol izolyatorga izolyatsiya qilish, koronavirusga laborator tahlilini o‘tkazish uchun namuna olish tartibi belgilab qo‘yilgan.

SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan koronavirus infeksiyasining yangi turini yurtimiz hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Koronavirusning yangi turi (nCoV) qarshi olib boriladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish to‘g‘risidagi metodik uslubiy qo‘llanma ham tayyorlangan.

Anjumanda koronavirus kasalligining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan qat’iy nazoratga olingani, Xitoydagi koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan yurtimiz aholisining xavotirlanishiga asos yo‘qligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют