» » O‘zbekiston hukumati ijro etuvchi tuzilmasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

O‘zbekiston hukumati ijro etuvchi tuzilmasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, bosh vazirning yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari kiritildi.

Ushbu tuzilmada quyidagilar tashkil etildi:

Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 241 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

O‘zbekistonning bosh vaziriga o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha 6 nafar boshqaruv xodimlari shtat birliklari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida shtat birligini 2 nafarga, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 2 nafarga va Adliya vazirligi tizimida 2 nafarga qisqartirish hisobidan hamda qo‘shimcha 7 nafar boshqaruv xodimlari shtat birliklari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratilishi belgilandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют