» » AQShning BMTdagi doimiy vakili: zarur bo‘lsa, Tramp Suriyaga bitta zarba bilan cheklanmaydi

AQShning BMTdagi doimiy vakili: zarur bo‘lsa, Tramp Suriyaga bitta zarba bilan cheklanmaydi


AQSh prezidenti Donald Tramp zarur bo‘lsa, Suriyadagi harbiy aerodromga bitta zarba bilan cheklanmaydi, ammo kelgusi qadamlarini qolgan tomonlarning respublikada bo‘layotgan hodisalarga qanday munosabat bildirishiga qarab mutanosiblashtiradi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Agar ko‘proq narsa talab etilsa, u buni qiladi”, — dedi amerikalik diplomat. “Hozir hammasi haqiqatan ham hamma Suriyadagi hodisaga qanday munosabat bildirishiga bog‘liq”, — deya davom ettirdi u.

Doimiy vakil, shuningdek, AQSh Suriya prezidenti Bashar Asadni hokimiyatdan chetlashtirish borasida ko‘plab birlamchi vazifalarga ega ekanligini ma’lum qildi: “Birlamchi vazifalar ko‘p. Asadning ketishi yagona vazifa emas. Biz, shuningdek, IShIDni yer bilan yakson qilishga ham intilmoqdamiz”.

“Ikkinchidan, biz hokimiyat Asad qo‘lida qolsa, Suriyada tinchlikka erishish mumkin, deb o‘ylamaymiz. Uchinchidan, Eronning ta’sirini bartaraf etish va yakunda siyosiy tartibga solish tomonga harakatlanish kerak”, — dedi Xeyli.

Опубликовано: admin (9-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют