» » O‘zbekistonda 2019-yilda qancha naqd pul muomalada bo‘lgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2019-yilda qancha naqd pul muomalada bo‘lgani ma’lum qilindi


Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistondagi bank kassalari orqali o‘rtacha oylik naqd pul aylanmasi 23,9 trillion so‘mni va yil bo‘yicha jami 287,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,4 barobarga va 2018-yilga nisbatan 1,7 barobarga ko‘pdir.

Muomalaga chiqarilgan naqd pullarning qaytuvchanlik koeffitsiyenti 2017-yilda 86,6 foizni, 2018-yilda 96,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 98,7 foizgacha ko‘tarilgan.

Xususan, 2019-yilda banklar orqali olingan naqd pullar hajmi 68,4 foizga ko‘paygan bo‘lsa, kelib tushgan naqd pul mablag‘lari hajmi 71,6 foizga oshgan.

Natijada muomaladagi naqd pullar miqdorining o‘sishi 2019-yilda 9,4 foizni tashkil etib, 2018-yil (14 foiz) va 2017-yillarga (47,2 foiz)ga nisbatan sekinlashgan.

2017-yilda oylik bank tushumlarining muomaladagi naqd pullarga nisbati 18,6 foiz bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2018-yilda 31,7 foizga va 2019-yilda 46,6 foizga (jumladan, dekabr oyida 60,4 foizga) yetgan.

“Mazkur tendensiya naqdsiz hisob-kitoblarning yangi instrumentlari va mexanizmlarining joriy etib borilishi, valyuta bozorining tobora erkinlashuvi va bankomatlar tarmog‘ining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar orqali izohlanadi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют