» » Xitoyning ikki viloyatida koronavirus tufayli eng yuqori epidemiya darajasi e’lon qilindi

Xitoyning ikki viloyatida koronavirus tufayli eng yuqori epidemiya darajasi e’lon qilindi


Xitoy hukumati ikki viloyatda yangi koronavirus 2019-nCyoV tarqalishi oqibatida yuqayotgan pnevmoniya xastaligi tufayli epidemiyaning yuqori darajasini e’lon qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Bu Xubey va Guandun viloyatlari. Ushbu hududlarda kasallik bilan kurashish maqsadida barcha davlat idoralarini ixchamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Virus tarqalishining oldini olish uchun korxonalar, o‘quv maskanlari faoliyatlari to‘xatilib, ommaviy-madaniy tadbirlar bekor qilinmoqda va xavfli hisoblanayotgan joylardan odamlar uzoqlashtirilmoqda.

Mahalliy hokimliklar yo‘llarda harakatlar qatnovini kamaytirish va virus alomatlari kuzatilgan aholi vakillarining migratsiyasini ham vaqtincha to‘xtatish vakolatiga ega bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

2020-yil 23-yanvar holatiga butun dunyoda koronavirus bilan zaralanish bo‘yicha 617 ta holat kuzatilgan, shularning 17 tasida bemorlar vafot etgan. Xastalik asosiy markazi Xitoyning Uxan shahri, u yerda jami 444 ta odamga pnevmoniyaga uchrash holati kuzatilgan. Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida Uxan shahriga kirish va undan chiqishni deyarli yopib qo‘ygan. Xuangane va Echjou shaharlarida ham shunda chora-tadbirlar amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют