» » O‘zbekistonda 2019-yilda bank kassalari orqali 287 trln so‘m aylandi

O‘zbekistonda 2019-yilda bank kassalari orqali 287 trln so‘m aylandi


O‘zbekistonda 2019-yilda bank kassalari orqali o‘rtacha oylik naqd pul aylanmasi 23,9 trillion so‘mni va yil bo‘yicha jami 287,1 trillion so‘mni tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 3,4 barobarga va 2018-yilga nisbatan 1,7 barobarga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasi bo‘yicha berilgan sharhda ma’lum qilingan.

Bunda muomalaga chiqarilgan pullarning qaytuvchanlik koeffitsiyenti 2017-yilda 86,6 foizni, 2018-yilda 96,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda ushbu ko‘rsatkich 98,7 foizgacha ko‘tarildi.

Xususan, 2019-yilda banklar orqali olingan naqd pullar hajmi 68,4 foizga ko‘paygan bo‘lsa, kelib tushgan naqd pul mablag‘lari hajmi 71,6 foizga oshgan.

Natijada muomaladagi naqd pullar miqdorining o‘sishi 2019-yilda 9,4 foizni tashkil etib, 2018-yil (14 foiz) va 2017-yillarga (47,2 foiz) nisbatan sekinlashgan.

2017-yilda oylik bank tushumlarining muomaladagi naqd pullarga nisbati 18,6 foiz bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2018-yilda 31,7 foizga va 2019-yilda 46,6 foizga, jumladan, dekabr oyida 60,4 foizga yetdi.

Mazkur tendensiya naqdsiz hisob-kitoblarning yangi instrumentlari va mexanizmlarining joriy etib borilishi, valyuta bozorining tobora erkinlashuvi va bankomatlar tarmog‘ining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar orqali izohlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют