» » Xitoyda yangi virusga qarshi kurashish maqsadida yana bir yirik shahar — Xuangan yopib qo‘yildi. Echjou bilan temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan

Xitoyda yangi virusga qarshi kurashish maqsadida yana bir yirik shahar — Xuangan yopib qo‘yildi. Echjou bilan temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan


Xitoy hukumati yangi tarqalgan koronavirusga qarshi kurashish yo‘lida aholisi 7,5 million bo‘lgan Xuangan shahriga kirish va chiqishni yopib qo‘ydi, deb xabar beradi Reuters.

Xuangan bilan yarim kechasi temir yo‘l va avtobus qatnovlari to‘xtatilgan. Shahar hukumati kinoteatrlar va odamlar to‘planadigan boshqa joylarni yopish bo‘yicha topshiriq bergan, shuningdek, aholidan Xuanganni tark etmaslik so‘ralgan.

Bundan tashqari, Xuangan yaqinidagi Echjou shahrida ham favqulodda holat e’lon qilingan. Bir millionga yaqin odam istiqomat qiladigan Echjou shahrida temir yo‘l qatnovlari to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: Xitoyning ikki viloyatida koronavirus tufayli eng yuqori epidemiya darajasi e’lon qilindi

23-yanvardan boshlab virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridagi aeroportlar va temir yo‘l stansiyalari yo‘lovchilarni tashishni to‘xtatgan edi. Tojikistonning Somon Air aviashirkati ham fevral oyigacha Dushanbe—Urumchi (Xitoy) yo‘nalishidagi parvozlarni to‘xtatgan. O‘zbekiston TIV avval ham Xitoyda tarqalgan virus tufayli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar va u yerda bo‘lib turgan fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan. O‘zbekiston SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют