» » Xitoyda koronavirus tarqalgani tufayli 13 ta shahar yopib qo‘yildi

Xitoyda koronavirus tarqalgani tufayli 13 ta shahar yopib qo‘yildi


Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirus tarqalishi tufayli Uxan bilan birga 13 ta shahar yopib qo‘yildi, deb xabar berdi “Korrespondent”.

Virusga qarshi kurash chora-tadbirlari 30 million kishini qamrab olgan.

Mamlakat hukumati yangi turdagi virusni yuqtirgan bemorlar uchun shoshilinch ravishda kasalxona qurish yoki kasalxonalarda mingta koyka ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Dastlab virus aniqlangan Uxan shahrida Yanszi daryosi ostidagi avtomobil tunneli yopib qo‘yilgan. Ko‘priklarda postlar ishlamoqda. Barcha piyodalar, haydovchilar va yo‘lovchilarning tana harorati tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning aholi zich joylashgan Uxan shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lishiga ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus sabab bo‘lgani aniqlangan. Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 1 723 ming nafarni tashkil qilgan. Ushbu natija Xitoy tashqarisida virus bilan zararlanish holatlari kuzatilgan holatlar hisob-kitobi tahlili asosida olingan. Hozirda virus yuqtirib olganlar va kasallik oqibatida vafot etganlar soni ortib bormoqda.

O‘zbekiston TIV koronavirus tufayli Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgandi. Vazirlik avval ham bu haqda fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan. SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xitoyning Uxan shahrida Osiyo—Okeaniya mintaqalari uchun boks bo‘yicha 3—14-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Tokio olimpiadasi musobaqasi bekor qilinganini ma’lum qilgan.

Koronavirus xavfi tufayli Yevropaning bir nechta kompaniyasi oxirgi uch haftada jiddiy moliyaviy zarar ko‘rgan. Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishdan ogohlantirilgan, shuningdek, mamlakatda plastik paket va naychalardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga Xitoyning Uxan shahrida ommaviy turizm taqiqlandi, keyinroq Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishiga taqiq qo‘ygan. Virus sabab Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchi almashdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют